Misrning Sinay yarim orolini Saudiya Arabistoni bilan bog‘laydigan ko‘prik qurilishi qiymati 3—4 milliard dollarga borishi mumkin. Qizil dengiz bo‘ylab ko‘prik qurilishi loyihasi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulazizning Misrga tashrifi chog‘ida imzolangan 20 milliard dollarlik kelishuvlar to‘plamiga kirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qohira va Ar-Riyod o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolangani haqida 8-aprel, juma kuni ma’lum qilindi. Ular orasida qirol Salmon nomi bilan ataladigan yangi ko‘prik qurilishi ham bor.
2005-yili mazkur loyihaning amalga oshirilishi Misrning o‘sha paytdagi prezidenti Husni Muborak qarori bilan to‘xtatilgan, bunga atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va xavfsizlik borasidagi xavotirlar sabab bo‘lgandi.
Izoh (0)