4-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 54-o‘rindan 48-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya (2-o‘rin) va Ukrainadan (30-o‘rin) keyingi 3-o‘rinni egalladi.
2. Buxoroda quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Stansiya markazlashgan elektr ta’minoti tarmoqlaridan olisdagi ishlab chiqarish obyektlari va qurilish infratuzilmasini energiya bilan uzluksiz ta’minlab turish maqsadida ishlab chiqilgan.
3. BMT: Tog‘li Qorabog‘dagi janglar natijasida 33 kishi halok bo‘ldi, 200 kishi yaralandi. Tomonlarning xavotirli bayonotlari davom etmoqda — Boku Tog‘li Qorabog‘da Armaniston qo‘mondonlik punktini yo‘q qilganligini ma’lum qildi.
4. Panama ofshorlar haqidagi ish bo‘yicha sudlar bilan “faol” hamkorlikka tayyor. Panamadagi ofshor kompaniyalar mojarosiga aralashib qolganlar orasida qator mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, futbolchi Lionel Messi ham bor.
5. Ramzan Qodirov Asadning taklifi bilan Suriyaga borishini ma’lum qildi. Checheniston rahbari Suriyaga taklif qilingan yagona taniqli inson emas — “Chelsi” va “Real Madrid”ning sobiq ustozi Joze Mourinyoga futbol bo‘yicha Suriya termasi bosh murabbiyligi taklif qilindi.