Myanmaning yangi prezidenti Txin Chjo 30-mart, chorshanba kuni mamlakat poytaxti Neypidoda parlamentning har ikkala palatasi qo‘shma yig‘ilishida qasamyod qabul qildi. Bu haqda Hluttaw telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Prezident Txin Chjo parlament oldida qasamyod matnini bayon qildi, uning ortidan mazkur matnni ikkala vitse-prezident ham takrorladi.
Myanma parlamenti 15-mart kuni mamlakat prezidentligiga Txin Chjoni sayladi. Txin Chjo universitet professori, yozuvchi hamda “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi yetakchisi va Nobel mukofoti laureati Aun San Su Chjining yaqin do‘sti va safdoshidir. U 1962-yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin qurolli kuchlar vakillari orasidan tayinlanmagan birinchi davlat rahbaridir.
Izoh (0)