29-mart kuni kechqurun Dog‘istonda Ichki ishlar vazirligi muvaqqat tezkor guruhining ikki avtomobili portlatib yuborildi, deya xabar bermoqda Meduza mintaqaviy IIVga tayanib.
Jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot hozircha yo‘q. Hodisadan ko‘p o‘tmay, bir politsiyachi halok bo‘lgani, yana ikki nafari yaralangani xabar berilgan edi. Keyinroq mahalliy IIV matbuot xizmati ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
“Interfaks”ning kuch tuzilmalaridagi manbasi aytishicha, mashinalarda Krasnoyarskdan xizmat safari bilan kelgan politsiya xodimlari bo‘lgan. Karvon Maxachqal’adan Kaspiyskka qarab ketayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)