Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning Vashingtonda 31-mart—1-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etishdan bosh tortishini dastlabki tayyorgarlik chog‘ida mazkur mavzu bo‘yicha o‘zaro aloqalarning tanqisligi bilan izohladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Yadro xavfsizligi mavzusi o‘ta dolzarb, shu bilan birga, Moskva ushbu yo‘nalishdagi masalalarning ko‘rib chiqilishi umumiy va o‘zaro urinishlar, dastlabki jarayonda manfaatlar va qarashlarning inobatga olinishini anglatadi, deb hisoblaydi. Sammit mavzusi va kun tartibidagi masalalarni oldindan ko‘rib chiqish chog‘ida o‘zaro bog‘liqlikni sezmadik. Shu sababli Rossiya tomoni mazkur anjumanda ishtirok etmaslikni ma’qul ko‘rdi”, — deya ta’kidlagan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti maslahatchisi Ben Rods Rossiyaning Vashingtondagi yadro xavfsizligi bo‘yicha sammitda qatnashmaslik haqidagi qarorini “o‘zini yakkalab qo‘yish” deb atagandi.
Izoh (0)