Dog‘istonning Tabasaran tumanida politsiya posti yaqinida ro‘y bergan portlash oqibatida bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi va yana bir nafari yaralandi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati vakili ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
“Politsiya xodimlari tomonidan mashinani to‘xtatishga urinish chog‘ida haydovchi ularning talabiga bo‘ysunmagan, biroz uzoqroqqa borganidan so‘ng esa avtomobil portlab ketgan”, — deya ta’kidlagan matbuot xizmati vakili.
“TASS”ning Dog‘iston kuch tizimlaridagi manbasiga ko‘ra, politsiyachilar to‘xtash to‘g‘risidagi talabga bo‘ysunmagan mashinani quvib ketayotgan chog‘da yo‘lda portlash sodir bo‘lgan. Mazkur hodisaga mahalliy jinoiy guruh a’zolari aloqador ekanligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dog‘istonda IIV avtokolonnasi portlatib yuborilgani, buning uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgani xabar berilgandi.
Izoh (0)