Bugun, 24-mart kuni futbol bo‘yicha JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 qo‘shma saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinni qabul qiladi. O‘yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, mahalliy vaqt bilan 18:00 da boshlanadi.
Bugungi o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Xabar berishlaricha, stadion kassalarida chiptalar qolmagan. Uchrashuv boshlanishiga hali ikki yarim soat vaqt bor. Shunga qaramay, “Bunyodkor” stadioniga muxlislar kela boshladi. Ammo hozircha stadionga muxlislarni kiritish boshlanmagan.
Izoh (0)