Bugun, 24-mart kuni futbol bo‘yicha JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 qo‘shma saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinni qabul qiladi. O‘yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, mahalliy vaqt bilan 18:00 da boshlanadi.
Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba O‘zbekiston milliy terma jamoasini muddatidan avval saralashning keyingi bosqichiga olib chiqishi mumkin (buning uchun Falastin va Tailandning yordami zarurligi haqida bu yerda o‘qing). Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Duli O‘zbekistonga qarshi o‘yinda “oxirigacha kurashish”ga va’da bergan, o‘zbekistonliklar ustozi Samvel Babayan esa maqsad chiroyli o‘yin emas, balki g‘alaba ekanini ochiq tan oldi.
Babayan Filippinga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan 23 nafar futbolchining nomini oshkor qilgan. Ular orasida OChLda to‘purarlik qobiliyatini namoyon etayotgan Sardor Mirzayev va Dostonbek Hamdamov yo‘q. Xabar berishlaricha, stadion kassalarida chiptalar qolmagan — milliy terma o‘yiniga bo‘lgan qiziqish yuqori.Shu munosabat bilan, o‘yin arafasidagi so‘rovnomamizda ishtirok etishni taklif qilamiz.
So‘rovnoma yuklanishini biroz kuting
[playbuzz-item playbuzz_url="/muhrima10/o-zbekiston-filippin-uchrashuvida-quyidagi-voqealardan-qay-biri-sodir-bo-ladi"]
Izoh (0)