Parij teraktlari tashkilotchisi Saloh Abdislom 18-mart, juma kuni Bryusselning Molenbek kommunasida o‘tkazilgan keng miqyosli politsiya operatsiyasi chog‘ida qo‘lga olindi. Bu haqda Belgiya adliya vazirining so‘zlariga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.
2015-yilning 13-noyabr kuni Parijda sodir etilgan, 130 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktlar Belgiyadan turib muvofiqlashtirib borilgani aniqlangach, mamlakat politsiyasi jinoyatchilarni tutish borasida keng miqyosli operatsiyalar o‘tkazdi.
Bugungi kunda mazkur ish bo‘yicha 11 kishiga turli ayblar qo‘yildi.
Izoh (0)