KXDRda hibsga olingan amerikalik talaba Otto Frederik Vombiyer KXDR Oliy sudi tomonidan jazoni axloq tuzatish va mehnat koloniyasida o‘tash sharti bilan 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi, deb yozadi “TASS”. U “Koreya xalqi birligiga putur yetkazish”ga urinishda ayblandi.
Talaba KXDRga 25-dekabr kuni sayyohlik guruhi tarkibida yetib kelgan. 1-yanvar kuni tunda chet ellik sayyohlar uchun mo‘ljallangan Yangakto mehmonxonasining xizmat xonasiga kirib, devorga osib qo‘yilgan koreyscha siyosiy plakatni yulib olgan. Amerikalik o‘z aybini to‘liq tan oldi va “Amerika ma’muriyatining KXDRga nisbatan dushmanlarcha siyosati qurboni”ga aylanganini ta’kidladi.
U ushbu jinoyatni Birlashgan metodistlik cherkovi topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirganini tan oldi. “Men hayotimdagi eng jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydim”, — dedi Vombiyer sudda.
Izoh (0)