Turkiya politsiyasi Istanbulda Zaman muxolifatchi gazetasi tahririyati binosi oldida to‘plangan olomonga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va vodomyotlarni qo‘lladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Nashrni qo‘llab-quvvatlovchi bir necha yuz kishi muxolifatchi nashr binosidagi ashyolarni musodara qilish va tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga qarshi norozilik namoyishi doirasida tahririyat binosi oldida to‘plangan.
Ma’lum qilinishicha, politsiya Turkiyada eng ko‘p sotiladigan gazeta hisoblangan nashr binosi ichkarisiga bostirib kirgan.
Izoh (0)