6-mart, yakshanba kuni Iroqda ro‘y bergan terakt oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Bag‘doddan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Bobil viloyati ma’muriy markazi — Al-Xilla shahrida sodir bo‘ldi. Xudkush terrorchi portlovchi modda bilan to‘ldirilgan yuk avtomobilini portlatib yuborgan. O‘nlab kishilar og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yetkazilgan, shu bois qurbonlar soni ortishi mumkinligi bildirilmoqda.
Mazkur terakt uchun javobgarlikni IShID jangarilari o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)