Rossiyaning Vorkuta shahar sudi “Shimoliy” konida yuz bergan avariya oqibatida jasadini yuqoriga olib chiqishning imkoni bo‘lmagan konchilarni halok bo‘lgan deb topish haqida qaror chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 4-mart kuni barcha 26 nafar halok bo‘lgan konchining o‘limini tasdiqlovchi qaror chiqarilgan.
Qaror nusxalari ijro etilishi uchun FHDYo, Pensiya jamg‘armasi, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga berildi. Halok bo‘lganlarning oilalariga esa qarorlar pochta orqali yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Vorkuta shahridagi “Olimp” sport kompleksida bir necha ming kishi “Shimoliy” konida halok bo‘lgan to‘rt nafar konchi bilan xayrlashish uchun kelganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)