Kanadaning oltin zaxirasi fevral oyi davomida sotib bitirildi va nol ko‘rsatkichgacha tushib ketdi, deya xabar bermoqda “RBK” mamlakat moliya departamenti saytiga tayanib.
Moliya departamenti rasmiy vakili Devid Barnabi aniqlik kiritishicha, hukumat real tovarlarni sotish va yanada likvidroq aktivlarga investitsiya kiritish yo‘li bilan portfelni diversifikatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli siyosatga rioya qilmoqda.
The Globe and Mail yozishicha, Kanada 1935-yildan buyon birinchi marta oltin zaxirasini bo‘shatgan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Kanadada oltin zaxiralari hajmi 1965-yilda o‘z cho‘qqisiga yetgan, o‘shanda mamlakat oltin yombi va tangalari qiymati 1,15 milliard dollarni tashkil qilgan. 1980-yildan boshlab hukumat oltinni asta-sekinlik bilan sotib, xorijiy valyutaga sarflay boshladi.
Izoh (0)