O‘zbekistonda 2015-yilda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat granti, ijtimoiy buyurtma va subsidiya shaklida moliyalashtirishga 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi ma’lum qildi.
2015-yilda davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori 2008-yilga nisbatan 5 barobarga ortgan. Grant uchun mingdan ortiq NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 1,2 mingdan ortiq loyihalarni taqdim etgan.
Qayd etishlaricha, mintaqalar kesimida Farg‘ona viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri eng ko‘p loyihalar bilan ishtirok etgan.
Izoh (0)