29-fevral, dushanba kuni Toshkent va Samarqand shaharlarida +25,6 darajagacha, Termizda +29,5 darajagacha, Nukusda esa +15,4 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
E’tiborli tomoni, to‘rt shaharda ham meteorologik kuzatuvlarning 29-fevral tarixi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi. Xususan, bungacha Toshkentdagi eng issiq 29-fevral 1948-yilda (+22,9 daraja), Samarqand va Termizda 1968-yilda (mos ravishda +19 va +23,4 daraja), Nukusda esa 2004-yilda (+12,2 daraja) kuzatilgan.
O‘zbekistonda 2016-yilgi yanvar—fevral oylari nisbatan iliq keldi. Toshkent, Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida bungacha ham bir necha havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2016-yil 29-fevral kuni O‘zbekistonning boshqa shaharlarida eng yuqori havo harorati quyidagicha bo‘lgan: Urganch — +19 daraja; Andijon, Farg‘ona — +23 daraja; Jizzax, Guliston, Namangan — +24 daraja; Navoiy — +25 daraja; Qarshi — +27 daraja.
Izoh (0)