Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevro–2016 musobaqasidan so‘ng “Chelsi” klubini o‘z boshqaruviga olish uchun rozilik berdi. Bu haqda “Sports.ru” nashriga tayangan holda “Uff.uz” xabar bermoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 46 yoshli mutaxassis London klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Italiyalik murabbiy shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga yetadigan Gus Xiddink o‘rnini egallaydi.
Qayd etish joiz, Antonio Konte 2011–2014-yillar davomida “Yuventus” jamoasini boshqargan va uch marotaba Italiya chempioni bo‘lgan.Avvalroq, “Chelsi” klubi bosh murabbiyligiga Massimiliano Allegri va Diyego Simeone asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilgandi.
Izoh (0)