Hindistonning Nyu-Dehli shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat bo‘lgan turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova ham ishtirok etyapti. Bu haqda “Olamsport” xabar qilmoqda.
Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan tennischi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sharipova ikkinchi bosqichda rossiyalik raqibasi Veronika Kudermetovadan 6:3, 6:0 hisobida ustun keldi.
Bundan oldin, Sabina ilk davrada mezbonlar vakilasi Sovjaniya Bovisettini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etgandi. Uning chorak finaldagi raqibasi Xitoy Taypeyi vakilasi turnirning to‘rtinchi raketkasi Ya-Xsuan Li bo‘ladi.
Izoh (0)