Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida “Roma” bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida tashkil qilingan matbuot anjumani chog‘ida jurnalistning savolidan xafa bo‘lib, zalni tark etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jurnalist hujumchi nega raqib maydonida o‘tkazilayotgan o‘yinlarda noyabrdan buyon to‘p kirita olmaganiga qiziqib ko‘rdi. Bu Ronalduning jahlini chiqarib yubordi.
“Ispaniyada o‘ynay boshlaganimdan beri safarda kim mendan ko‘proq gol urdi? Mendan ko‘ra ko‘proq gol urgan futbolchining ismini ayting. Javobingiz yo‘qmi? Mayli, rahmat”, – dedi sportchi va matbuot anjumanini tark etdi.
Ronaldu oxirgi marta raqib maydonida 2015-yilning 29-noyabr kuni “Eybar”ga qarshi uchrashuvda gol urgan.
Izoh (0)