Seshanba, 16-fevral kuni Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Qatar poytaxti Doxada saudiyalik hamkasbi Ali al-Naimiy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayangan holda “Vedomosti” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, uchrashuv norasmiy tartibda o‘tkaziladi, unda belgilangan aniq kun tartibi bo‘yicha muhokama olib borilmaydi. Uchrashuvning bo‘lib o‘tishi hozircha rasmiy manbalarda o‘z tasdig‘ini topmadi.
Tadbirga Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino qo‘shilishi kutilmoqda. Venesuela ham, Saudiya Arabistoni singari, OPEK neft kartelining a’zosidir.
Izoh (0)