Bugun, 14-fevral kuni 14:00 da Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari tomonidan mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqish uchun boshlanadigan harakatni o‘zbekistonlik san’atkorlar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Aksiyada barcha ijtimoiy tarmoqlarning faollari #BoburDay yozuvi (heshtegi)ni ishlatgan holda post qoldirib, ishtirok etishi mumkin.
Avvalroq xonanda Lola Bobur tavallud topgan sana munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos aksiya o‘tkazib, #BoburDay heshtegini reklama qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)