Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Nyu-Jersi shtati gubernatori Kris Kristi va Hewlett-Packard kompaniyasining sobiq boshlig‘i Karli Fiorina AQSh prezidentligi lavozimi uchun kurashni davom ettirishdan voz kechdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Nyu-Gempshir shtatidagi praymeriz (siyosiy partiyalardan qo‘yilgan nomzodlardan bir kishini saylash bosqichi)da oltinchi o‘rinni egallagan 53 yoshli Kristi bu qarorga kelganligidan afsusda emasligini ma’lum qildi. O‘z navbatida Fiorina yettinchi o‘rinni egalladi.
Nyu-Gempshirda bo‘lib o‘tgan ushbu praymerizda respublikachilar orasidan mediamagnat Donald Tramp birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, demokratlar orasidan sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni ortda qoldirgan senator Berni Sanders g‘olib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Respublikachilar partiyasidan Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Mayk Xakabi ham o‘z saylovoldi kampaniyasini to‘xtatganligini e’lon qilgandi.
Izoh (0)