Tojikiston parlamenti konstitutsiyaga mamlakat prezidentiga cheklanmagan tarzda saylanish huquqini beruvchi tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Amaldagi konstitutsiyaga ko‘ra, mamlakatni 1994-yildan beri boshqarayotgan Emomali Rahmon 2020-yilda prezidentlikka saylana olmaydi. Shuningdek, tuzatishlar muxolifat partiyalari faoliyatini cheklash, prezidentlikka nomzodlar uchun talab etiladigan eng kichik yoshni 35 dan 30 gacha kamaytirishni ham o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Emomali Rahmon qizi Ozoda Rahmonni prezident apparati rahbari etib tayinlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)