Rim papasi Fransisk Rus pravoslav cherkovi rahbari, patriarx Kirill bilan 12-fevral kuni Kubada uchrashadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Moskva patriarxati mazkur uchrashuv haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Uchrashuvning asosiy mavzusi Yaqin Sharqdagi vaziyat va nasroniylarning ta’qibga duch kelayotgani bo‘lishi aytilmoqda.
Vatikan saytida joylashtirilgan ikki cherkovning hamkorlikdagi press-relizida ta’kidlanishicha, “uchrashuv Gavanadagi Xose Marti nomli xalqaro aeroportdagi shaxsiy suhbat va qo‘shma deklaratsiya imzolanishini o‘z ichiga oladi”.
Ma’lumot o‘rnida, Rim-katolik cherkovi va Rus pravoslav cherkovi yetakchilari tarixda birinchi marta uchrashmoqda.
Izoh (0)