Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muloqotda bo‘lmadi va bu rejalashtirilmagan ham. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘on Rossiyaning Su-34 samolyoti Turkiya havo hududiga bostirib kirgani tufayli Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shundan so‘ng Dmitriy Peskov Putinga Turkiya yetakchisining u bilan uchrashish istagi yetkazilganini bildirgan.
Izoh (0)