1-fevral kuni neft kotirovkalari tushdi. Bunga Xitoyning savdolardagi faolligi qisqarishi va OPEKga a’zo mamlakatlarning neft qazib olishni oshirishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Aprel fyucherslari uchun Brent markasidagi neft Londondagi ICE Futures birjasida Moskva vaqti bilan 19:10 (Toshkent vaqti bilan 21:10)da 1,56 dollar (4,33 foiz)ga arzonlashdi va barreliga 34,43 dollarni tashkil etdi.
Bu vaqtda WTI markasidagi neft uchun Nyu-York tovar birjasidagi narxlar 1,74 dollar (5,18 foiz)ga pasayib, barreliga 31,886 dollargacha tushdi.