Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi Anqara rasmiylaridan Su-34 samolyoti mamlakat havo chegarasini buzib o‘tgani haqidagi ma’lumotlarni olmagan. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li Rossiya bombardimonchisi bilan bog‘liq hodisa tafsilotlari Moskvaga yetkazilganini da’vo qilgandi.
“Elchixonamizga Rossiya samolyoti go‘yoki Turkiya havo chegarasini buzgani haqidagi materiallar yoki ma’lumotlar berilmagan. Turk tomonining bu haqdagi bayonotlari, yumshoqroq qilib aytganda, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deya ta’kidlagan TIV vakillari.
Izoh (0)