Birlashgan Arab Amirliklarida neft narxi tushishiga parallel ravishda, olti oydan buyon benzin qiymati ham pasaymoqda, deb yozadi “TASS”.
Yanvar oxirida narxlar navbatdagi marta o‘zgargach, Amirliklardagi yoqilg‘i shoxobchalarida benzin ichimlik suvidan ham arzonlashib ketdi.
BAA energetika vazirligida ma’lum qilishicha, Special kategoriyasidagi asosiy yoqilg‘i (95-benzin)ning bir litri endi yarim yil avvalgiday 50 sent emas, 40 sentga tushadi.
Shu bilan birga, Amirliklarda oziq-ovqat narxlari teskari dinamikani namoyish etmoqda. Masalan, bir litr gazli ichimlik benzindan ikki marta qimmatroq turadi, mineral ichimlik suvi esa besh—sakkiz marta qimmatga tushadi.
Bunday vaziyat BAA hukumatini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan narxlarni joriy qilishga majburlamoqda.
Izoh (0)