Hindiston poytaxtida sovuq tufayli 21—23-yanvar kunlari boshlang‘ich sinflarda darslar bekor qilindi va yuqori sinflardagi mashg‘ulotlar vaqti qisqartirildi: ular darslarni bir soat kech boshlaydi va bir soat erta tugatadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shu tariqa maktab o‘quvchilari, xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yil boshidan beri dam olmoqda. Oldinroq havo ifloslanishi darajasi oshgani tufayli Dehli rasmiylari xususiy avtotransport harakatini cheklanganidan so‘ng o‘quv muassasalaridagi mashg‘ulotlar 15 yanvargacha to‘xtatilgandi.
22-yanvar, juma kuni Hindiston poytaxtida qish boshlanganidan beri eng sovuq kun qayd etildi: termometr 4,2 daraja iliqni ko‘rsatdi. Mamlakatda markaziy isitish tizimi bo‘lmagani sababli rasmiylar bunday ob-havo o‘quvchilar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirlanmoqda.
Izoh (0)