Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya yetakchisi Bashar Asaddan iste’foga chiqishni so‘radi. Bu haqda, Meduza xabariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari maxsus xizmatlaridagi ikki manbaga asoslanib, The Financial Times xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Putinning iltimosini yetkazish uchun Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) boshlig‘i Igor Sergun Damashqda bo‘lgan. FT’ning qayd etishicha, Sergun o‘limidan bir necha kun avval, 3-yanvar kuni Suriya poytaxtiga borgan edi.
Asad Suriya prezidenti o‘rnini tark etish taklifiga qat’iy rad javobini bergan.
“Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Asad Sergunga, agar u prezidentlikdan ketadigan bo‘lsa, Suriyada Rossiyaning kelajagi yo‘qligini tushuntirishga harakat qilgan”, — deyiladi FT xabarida.
Izoh (0)