O‘zbekiston va Yaman olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar qiladi “Stadion.uz”.
“Ushbu musobaqaga tayyorgarlik jarayonida yaratgan o‘yin uslubimizni sifatli tarzda ko‘rsatishimiz kerak edi. Muxlislar oldida o‘z sha’nimizni tiklashimiz lozim edi. Avvalgi ikkita o‘yindagi mag‘lubiyatlar tasodif, asossiz va adolatsiz bo‘lganini barchaga isbotlashimiz kerak edi.
Ushbu tarkibdagi futbolchilar yaqin yillarda milliy terma jamoa a’zosiga aylanadi. Ularning ayrimlari hozirdanoq bosh jamoamizda o‘ynashga ulgurdi, ayrimlari asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. Ushbu musobaqada ayrim chiziqlardagi muammolar bilan o‘ynadik. Shunga qaramay, iqtidorli yoshlar erta-indin O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini munosib himoya qiladi, deb o‘ylayman”, — dedi Samvel Babayan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiyachilari U-23 Osiyo chempionati guruh bosqichida bitta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etib, guruhda qolib ketdi.
Izoh (0)