Eronning “Persepolis” jamoasi “Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar tarqatdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Tehronliklar 30 yoshli darvozabon bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Tomonlarning kelishuvi bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Aleksandr Lobanov 2015-yilda O‘zbekiston terma jamoasi safida debyut qildi va 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, “Persepolis”ning asosiy darvozaboni Sosha Makaniy paranjisiz ayollar bilan suratga tushgani uchun 4-yanvarda hibsga olingan. Eronlik posbon tergov yakuniga yetgunga qadar turmada saqlanadi.
Izoh (0)