Tehron Amerika harbiy kemalari Eron hududiy suvlariga bostirib kirgani uchun AQShdan uzr so‘rashni talab qildi, deb yozadi “RIA Novosti” Islom inqilobi posbonlari korpusiga tayanib.
Avvalroq AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Kuvaytdan Bahraynga qarab ketayotgan ikkita kateri Eron hududiy suvlariga kirib qolgani va qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, bu katerlardan biri ishdan chiqqach, sodir bo‘lgan. O‘n nafar ekipaj a’zosi hibsga olingan.
Oq uy va Pentagondagilar Tehron Amerika tomonini harbiy dengizchilar xavfsiz holatda ekanligi haqida ogohlantirganini tasdiqladi.
Izoh (0)