Germaniya kansleri Angela Merkel Kyolnda Yangi yil kechasi ayollarga nisbatan sodir etilgan ommaviy huquqbuzarliklar hech qanday shafqatga loyiq emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Yangi yil kechasi sodir bo‘lgan hodisani sira qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi u Ruminiya bosh vaziri Dachian Cholosh bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Kansler yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan bir qator choralar qabul qilishi, jumladan, politsiya sonini oshirish va ba’zi qonunlarni qaytadan ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
31-dekabr kechasi Kyolnning bosh vokzali oldida 400—500 ga yaqin mast kishi to‘planib, ommaga pirotexnika vositalarini ota boshlagan. Ularning soni 1000 kishiga yetgandan so‘ng, politsiya vokzal oldidagi maydonni tozalagan. Bunga javoban erkaklar guruhlarga bo‘linib, ayollarga hujum qila boshlagan. Politsiyaga ayollarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan 121 ta ariza tushgan.
Politsiyaning so‘zlariga qaraganda, gumonlanuvchilar Shimoliy afrikalik yosh yigitlar bo‘lib, ulardan 16 nafarining shaxsi aniqlangan. Biroq hozircha hibsga olinmagan.
Izoh (0)