Yadro sinovlarini butkul taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha tashkilot ijrochi kotibi Lassino Zerbo tashkilot KXDRdagi yadro sinovini “texnogen portlash” sifatida tasniflaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Biz tahliliy byulleten chiqardik, unda bu texnogen hodisa bo‘lganligi qayd etilgan. Biz hozir bu haqiqatan ham texnogen portlash bo‘lganligini ayta olamiz”, — deydi Zerbo.
Ta’kidlanishicha, Yadro sinovlarini butkul taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha tashkilot 8-dekabr, juma kuni kechqurun KXDRdagi portlash yadro sinovi bo‘lganmi, degan savolga javob bera oladi.
Izoh (0)