Janubiy Koreya hukumati 8-yanvardan KXDR bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar tarmog‘i orqali targ‘ibot eshittirishlarini qaytadan boshlaydi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Mazkur qaror Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilingan bo‘lib, u Pxenyan tomonidan yadro sinovi o‘tkazilganligiga javoban qabul qilingan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, sinov KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlardagi keskinlikni kamaytirish yuzasidan 2015-yilning avgustida imzolangan kelishuvni qo‘pol buzish hisoblanadi.
“Bizning qurolli kuchlarimiz to‘liq shay holatda va agar KXDR provokatsiyani davom ettirsa, uni qat’iy jazo kutadi”, — deydi Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha katta maslahatchisi.
Izoh (0)