Eron rasmiylari Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari mamlakatning Yamandagi elchixonasiga aviazarba berganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Yaman poytaxti Sanodagi elchixona binosiga zarba natijasida shikast yetkazilgan. Halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat Oliy sudi raisi Sodiq Larijoniyga maktub yo‘llab, Saudiya Arabistonining Tehron va Mashhaddagi diplomatik vakolatxonalariga hujum qilganlarni jazolashni so‘ragandi.
Izoh (0)