Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2015-yilning eng yaxshi klub murabbiyini e’lon qildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, natijalar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi.
Ushbu sovrin 165 ochko to‘plagan “Barselona” murabbiyi Luis Enrikega berildi.
Ikkinchi o‘ringa 86 ochko bilan “Bavariya” murabbiyi Xosep Gvardiolaga munosib ko‘rildi.
Ro‘yxatdagi birinchi o‘ntalik quyidagicha tuzildi:
- Luis Enrike, “Barselona” ― 165
- Xosep Gvardiola, “Bavariya” ― 86
- Massimiliano Allegri, “Yuventus” ― 43
- Unai Emeri, “Sevilya” ― 39
- Marselo Galyardo, “River Pleyt” ― 33
- Karlo Anchelotti, “Real” ― 19
- Diyego Simeone, “Atletiko” ― 12
- Diter Xekking, “Volfsburg” ― 6
- Loran Blan, “PSJ” ― 5
- Miron Markevich, “Dnepr” ― 4
Izoh (0)