London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolar chog‘ida neftning dunyodagi narxi oshib bormoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Londonning ICE Futures birjasida Brent markasidagi neft fyucherslari (fevralda yetkazib beriladigan) 3,35 foizga — bir barrel uchun 38,18 dollargacha oshdi.
WTI markasidagi neftning fevral uchun fyucherslari Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)da 1,96 foizga — bir barrel uchun 37,77 dollargacha qimmatlashdi.
Nashr ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni va Eron Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti a’zolari orasida neft qazib chiqarish hajmi bo‘yicha tegishli ravishda birinchi va beshinchi o‘rinlarni egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni 3-yanvar, yakshanba kuni kechki payt Eron islom respublikasi bilan diplomatik aloqalar uzilganini e’lon qildi. Bu nufuzli shia ulamosi Nimr an-Nimr Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan qatl etilgani bilan bog‘liq.
Izoh (0)