Fransiyaning eng katta nashrlaridan biri bo‘lgan — L’Equipe gazetasi 2015-yilning 100 ta eng kuchli futbolchilardan iborat reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Unda “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 1-o‘rinda qayd etildi.
Ikkinchi o‘rinni Neymar, uchinchi pog‘onani esa Luis Suares egalladi. “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 4-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Top-10 bilan tanishing:
1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina);2. Neymar (“Barselona”, Braziliya);3. Luis Suares (“Barselona”, Urugvay);4. Krishtianu Ronaldu (“Real”, Portugaliya);5. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha);6. Tomas Myuller (“Bavariya”, Germaniya);7. Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya);8. Andres Inyesta (“Barselona”, Ispaniya);9. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya);10. Pol Pogba (“Yuventus”, Fransiya).
Oldinroq The Guardian va Marca nashrlari talqiniga ko‘ra ham Messi 2015-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.