FIFA tomonidan futboldagi faoliyatdan sakkiz yilga chetlashtirilgan Zepp Blatter futboldan ketishini e’lon qildi. Bu haqda u The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
“Futboldagi faoliyatimni yakunladim, — deya ta’kidlagan FIFAda 40 yil davomida mehnat qilgan Blatter. — Meni endi kelajagimga qaraganda yorqinroq bo‘lgan o‘tmish haqidagi gap-so‘zlar bezovta qilmaydi”.
Intervyu chog‘ida Blatter o‘zi kabi 8 yil muddatga futboldan chetlatilgan UEFA prezidenti Mishel Platini va FIFAning sobiq bosh kotibi Jerom Valkeni tanqid ostiga oldi. Uning aytishicha, ikki amaldorning xalqaro futbol tashkiloti rahbarligiga da’vo qilishi o‘rtadagi mojarolarga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)