Futbol faoliyatidan sakkiz yil muddatga chetlashtirilgan Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) boshlig‘i Mishel Platini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari lavozimiga o‘zining nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritish uchun kurashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda AFP bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
FIFA prezidentligiga nomzodligini qo‘yishni istayotgan Platinidan futbol faoliyatidan chetlashtirilish qarori olib tashlanmasa, u saylovda ishtirok eta olmaydi. FIFA prezidentligiga saylovlar Syurix shahrida 2016-yil 26-fevral oyida bo‘lib o‘tadi.
Blatter va Platini Sport arbitraj sudi (CAS)dagi FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi arbitraj palatasining qaroriga qarshi da’vo berishini ma’lum qildi.
Izoh (0)