Germaniya IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyaning harbiy operatsiyalariga ko‘maklasha boshladi, deya xabar bermoqda “TASS” GFR qurolli kuchlari vakiliga tayanib.
16-dekabrga o‘tar kechasi A310 yoqilg‘i quyuvchi samolyoti ilk parvozni amalga oshirgan. U havoda besh soatga yaqin vaqt davomida bo‘lib turgan.
Nashr eslatishicha, dekabr boshida Germaniya parlamenti bundesverning Suriya va Iroqdagi aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etishi uchun mandat taqdim etgan edi. Unda qatnashishi mumkin bo‘lgan harbiylarning maksimal soni 1,2 ming nafarga teng. Germaniya operatsiyasi muddati bir yil bilan cheklangan, biroq uzaytirilishi mumkin. Unda yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar bilan birga, “Tornado” razvedkachi samolyotlari va harbiy kema ishtirok etadi.
Izoh (0)