Rossiya aholisining axborot manbasi sifatida televideniyega ishonchi darajasi olti yil ichida deyarli ikki barobar kamaydi, deya xabar bermoqda Meduza “Levada” markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib.
2009-yilda televideniye orqali beriladigan yangiliklarga so‘ralganlarning 79 foizi ishongan bo‘lsa, 2015-yildagi ko‘rsatkich atigi 41 foizga teng bo‘ldi.
Shu bilan birga, TV 85 foiz rossiyaliklar uchun mamlakat va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalar haqida axborot olishning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda. So‘rov ishtirokchilarining 24 foizi do‘st, qarindosh va qo‘shnilarini yangiliklar manbai deb hisoblasa, 21 foizi internet-nashrlarga tayanadi. Ijtimoiy tarmoqlar, gazetalar va radioni xabarlar manbai deb hisoblaydiganlar 13 foiz (har biri)ni tashkil etdi.
Izoh (0)