Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi boshqarayotgan “Respublikachilar” partiyasi mintaqaviy kengashlarga saylovning ikkinchi turida g‘alabaga erishdi: endi partiya 13 mintaqadan 7 tasini nazorat qiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Amaldagi prezident Fransua Olland boshchiligidagi sotsialistlar beshta mintaqada yetakchilik qiladi. Korsikada esa orolning vakolatlarini kengayishini talab etayotgan mahalliy millatchilar muvaffaqiyat qozondi.
Fransiyadagi saylovlarning birinchi turida Marin Le Penning “Milliy front”i salkam 28 foiz ovoz to‘plab, o‘z tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgandi. Biroq ikkinchi turda millatchilar hech bir mintaqada g‘olib chiqmadi.
Izoh (0)