Financial Times ishbilarmonlar gazetasi Germaniya kansleri Angela Merkelni yil odami deb e’tirof etdi. Bu haqda nashr saytida e’lon qilingan “Angela Merkel — ehtiyotkor kanslerning o‘zgarishi” maqolasida aytiladi.
Bunday nomga Merkel ochiq muhojirlik siyosati uchun loyiq deb topildi. Nashr ta’kidlashicha, Merkel qoldiradigan “mustahkam meros” uning Germaniyani birlashtirib, yagona Yevropa valyutasini yaratgan ustozi, sobiq kansler Gelmut Kolniki bilan qiyoslana oladi.
Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr kuni Time jurnali ham Germaniya kansleri Angela Merkelni “Yil odami ― 2015” deb tan olgan edi.
Izoh (0)