Amerikaning Kaliforniya shtati janubida Chexiyaning L-39 Albatros o‘quv-mashg‘ulot samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar beradi.
Aviahalokat 6-dekabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 14:00 da Eppl Velli aeroporti yaqinidagi San-Bernardino okrugida yuz berdi.
AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasining ma’lum qilishicha, samolyot Vellidan uchgan zahotiyoq qulab tushgan va to‘liq yonib ketgan. Har ikkala uchuvchi halok bo‘lgan.
Hodisa natijasida yerda hech kim jabrlanmadi. Aviahalokat sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)