Buyuk Britaniyada toshqin tufayli mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Angliya shimoli va Shotlandiya janubida 200 dan ortiq uy suv ostida qolgan. Bunga shiddatli yomg‘irlar va Atlantikadan kelgan dovul sabab bo‘ldi.
Ayrim aholi punktlarida suv sathi odam beligacha ko‘tarilgan. Toshqindan eng ko‘p Karlayl shahri jabr ko‘rgan, u yerda evakuatsiyada harbiylar ishtirok etmoqda.
Izoh (0)