Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer brendi ostida mahsulotlar savdo-sotiq qiluvchi The money team kompaniyasi xodimlari sportchiga Hindistondan keltirilgan urg‘ochi yo‘lbarsni sovg‘a qildi. Bu haqda, ayni paytda Moskvada bo‘lgan amerikalik o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.
“Rossiyaning The money team jamoasiga mehmondo‘stlik va vaqtidan oldin berilgan Yangi yil sovg‘asi uchun minnatdorlik bildiraman. Bu ikki oylik yo‘lbarsga qanday ism qo‘yish bo‘yicha takliflarni qabul qilaman”, — deb yozdi sportchi.
Avvalroq Moskvaga uchib kelgan Meyvezer 4-dekabr, juma kuni “Rossiya” davlat markaziy konsert zalida yalpi ochiq mashg‘ulot o‘tkazmoqchi. Mashg‘ulot ishtirokchilari soni bo‘yicha Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
Izoh (0)