“Barselona” klubi himoyachisi Xerard Pike Ispaniya Kubogidagi ishi uchun “Real”ning jazolanishini eshitgach, kulgudan yig‘lab yuborganlikni aks ettirgan yozuv-belgilarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
3-dekabrga o‘tar kechasi Ispaniya Kubogining “Kadiz”ga qarshi o‘yinida “Real” diskvalifikatsiyasi bor Denis Cherishevni maydonga tushirgani uchun turnirdan chetlashtirilishi mumkin.
Pike esa quvonchini yashira olmasdan, Twitter’dagi sahifasiga 9ta “smayl” belgisini qo‘yib tashladi.
Izoh (0)